Huawei 1
Zimbabve prezidentining vertolyoti halokatga uchradi

Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva uchishi kerak bo‘lgan vertolyot 15-sentyabr kuni halokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, prezident bortda bo‘lmagan, hodisa Zimbabve rahbari mahalliy bayram tadbirlarida ishtirok etganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan.

“Prezident Mnangagua parvoz qilishi kerak bo‘lgan vertolyot texnik nosozlik tufayli halokatga uchradi, ammo prezident bortda yo‘q edi... Vertolyot bortida ekipaj a’zolari bo‘lgan, biroq hech kim halok bo‘lmagan”, deyiladi xabarda.

Vazirning ta’kidlashicha, Zimbabve fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi hodisani tekshirishni boshlagan va bu bo‘yicha bayonot e’lon qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91910 | Инструменты