Huawei 1
O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi yarmida uran qazib olish 12 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2024-yilning olti oyida uran qazib olish 12 foizga oshdi. Bu haqda “Navoiyuran” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uran ishlab chiqarishda davlat tomonidan belgilab berilgan reja 110 foizga bajarildi, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 112 foizni tashkil etdi. Geologiya-qidiruv ishlar prognoz ko‘rsatkichi 122 foizga bajarildi.

Yanvar-iyun oylarida mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmi pul ko‘rinishida 4,9 trillion so‘mni tashkil etib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizga ko‘p bo‘ldi. 

Korxonaning sof foydasi 55 foizga oshib, 1,9 trillion so‘mni tashkil etdi. Hisobot davrida 48,5 million AQSH dollar miqdoridagi investitsiyalar o‘zlashtirildi.Uran — yer ostidan qazib olinadigan maʼdan bo‘lib, undan atom elektr stansiyalari (AES), dengiz va suvosti kemalarini boshqaradigan yadro reaktorlari uchun yoqilg‘i sifatida keng foydalaniladi. Shu bilan birga, u yadroviy qurollar, radiatsiyadan himoya tizimlarida ham ishlatiladi. Butunjahon yadro uyushmasi tahlillariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha uranning yillik ishlab chiqarish hajmi 60 ming tonnadan ko‘proqni tashkil qiladi. Bu uranga bo‘lgan talabning 80-90 foiziga teng.

“Navoiyuran” ishlab chiqargan uran xomashyosidan foydalanilmay, mahsulot to‘liq xorijga — AREVA NC (Fransiya), Converdyn (AQSH), Cameco (Kanada), CNEIC (Xitoy) kabi yirik qayta ishlash korxonalariga eksport qilinadi. Bugungi kunda NKMKning asosiy savdo hamkorlari Itochu va Marubeni (Yaponiya), Nukem, Inc. (AQSH) hisoblanadi.

Hozirda mamlakatda jami 39 ta uran koni bor. Mavjud konlarning 35 tasi qumtoshli, 4 tasi koraslanesli toifasiga kiradi. Uran qumtoshli konlar asosan Navoiy va Samarqand viloyatlari hududlarida joylashgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82514 | Инструменты