Huawei 1
The Washington Post: AQSH Kurskdagi operatsiya tufayli Ukraina borasida yangi qaror tayyorlamoqda

Oq uy Kursk viloyatidagi operatsiya munosabati bilan Ukraina Qurolli kuchlariga yordamni muhokama qilmoqda. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

“Amerikaliklarga ko‘ra, ular Kiyevning umumiy hujum strategiyasiga ishonchi komil emas va Ukrainaning Amerika qurollariga qaramligi AQSH va NATOning Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri mojarosining kuchayishi qo‘rquvini jonlantirdi”, deyiladi xabarda.

Ismini oshkor etmagan amerikalik rasmiy jurnalistlarga AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina armiyasining Kursk yaqinidagi harakatlari tufayli Ukrainaga bo‘lajak harbiy yordam paketlari hajmini o‘zgartirish bo‘yicha ichki munozaralarni o‘tkazayotganini aytgan.

Yana bir amerikalik rasmiyga ko‘ra, Vashington haligacha Kiyevning Kursk viloyatidagi operatsiya bo‘yicha aniq rejalari haqida bilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91312 | Инструменты