Huawei 1
Xitoyda shamol va quyosh energiyasining umumiy quvvati 1200 GVtdan oshdi

2024-yil iyul oyida Xitoy energetika kompaniyalari yana 25 GVt shamol va quyosh energiyasi quvvatini ishga tushirdi. Natijada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanadigan elektr stansiyalarining umumiy quvvati 1206 GVtga yetdi. 

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 2020-yil dekabr oyida 2030-yili ushbu ko‘rsatkichga erishishni maqsad qilib belgilagan edi.

Shu bilan birga, mamlakatda davlat tomonidan olib borilayotgan rag‘batlantirish siyosati fonida qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash uchun zarur bo‘lgan saqlash tizimlari va elektr uzatish tarmoqlari qurilishiga investitsiyalar hajmi ham ortib bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91312 | Инструменты