Huawei 1
BAA “Tolibon”ni tan olmagan bo‘lsa-da, Afg‘oniston ishonch yorliqlarini qabul qildi

Birlashgan Arab Amirligi “Tolibon” muvaqqat hukumati elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda muvaqqat hukumat tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Tolibon” elchisi Maulvi Badruddin Haqqoniy BAA Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sayf Abdulla Al Shamsiyga ishonch yorliqlarini topshirgan.

Haqqoniy Afg‘oniston va BAA o‘rtasidagi munosabatlarni tarixiy ahamiyatga ega ekanligini bildirib, doimiy hamkorlik va yordam uchun minnatdorlik va mamnuniyat izhor etgan.

Al Shamsi ham BAA va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar juda muhim ekani va yangi elchining tayinlanishi bilan ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yanada yaxshilanishiga umid bildirgan. Biroq BAA “Tolibon” hukumatini tan olganini rasman e’lon qilmagan.

Axborot byulleteniga ko‘ra, “Tolibon”ning yangi elchisi tez orada mezbon davlat nomidan rasmiy marosimda Birlashgan Arab Amirliklari amiriga ishonch yorliqlarini topshiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91312 | Инструменты