Huawei 1
Ellikqal’a tumanida 20 yoshli qiz 17 yoshli qizni urib, “samosud” qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizlar o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Xorazm viloyati IIB axborot xizmati qizlar jangi haqida to‘xtalib, voqea Xorazmda emas, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida sodir bo‘lganini ma'lum qildi.

"Ushbu xolat Xorazm viloyatida emas balki, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida sodir etilgan bo‘lib, bu yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zining rasmiy sahifalari orqali shu kunning o‘zida, ya’ni 2-sentyabr kuni, xotin-qizlar o‘rtasidagi ushbu janjalli xolat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida sodir bo‘lganligi va hozirgi kunda tergov qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan bo‘lsada, biron bir internet nashr ushbu xabarga e’tibor qaratmagan", - deyiladi Viloyat IIB xabarida.

Qoraqalpog‘iston IIV esa voqea 2022-yilning 10-avgust kuni soat 17:00 larda Ellikqal’a tumani Markaziy dehqon bozori yaqinida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Tumanning Q.Nurumbetov ko‘chasida yashovchi 20 yoshli B.Z. A.Temur ko‘chasida yashovchi 17 yoshli Sh.L. bilan janjallashgan. Janjalga ikki qiz o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sabab bo‘lgan. B.Z. nizoni mustaqil ravishda hal qilish niyatida Sh.L ning ko‘plab joylariga qo‘l va oyoqlari bilan bir necha marotaba urib, tepib, qasddan bezorilik jinoyatini sodir etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Ellikqal’a tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90823 | Инструменты