Huawei 1
Tailand Afrika balig‘iga urush e’lon qildi

Tailand iqtisodiyoti va tabiatiga zararkunanda baliq — qorabosh tilyapiya katta ziyon yetkazmoqda. Phys.org portali ma’lumotiga ko‘ra, Tailandning 19 ta viloyatida ushbu baliq to‘dalari aniqlangan. 

Bitta qorabosh tilyapiya bir yo‘la 500 tagacha nasl qoldira oladi. Tilyapiyalar o‘zlaridan kichik baliqlar, krevetkalar, shilliqurtlarning lichinkalariga qiron keltirishdan tashqari, suvni ifloslantirib, kasalliklarni tarqatadi.

Tailand hukumati bayonotiga ko‘ra, 2024-yilning fevralidan sentyabriga qadar 1,3 mln kilogramm tilyapiya tutilgan. Tilyapiyalar mamlakat iqtisodiyotiga kamida 10 mlrd bat ($293 mln) zarar keltirgani aytilmoqda.

G‘arbiy Afrikada yashovchi bu baliqlar Tailandga qanday kelib qolgani qiziq. Mahalliy OAV yozishicha, kompaniyalardan biri bu baliq turini 2010-yilda Ganadan olib kelgan bo‘lishi mumkin.

Mamlakat bo‘ylab zararkunanda tilyapiyaga qarshi shunchaki ov emas, urush e’lon qilindi. Tutib keltirilgan tilyapiyaning har bir kilosi uchun 15 bat ($0,42)dan mukofot berilmoqda. Bundan tashqari, akvatoriyaga tilyapiyani yeydigan yirtqich baliqlar qo‘yib yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91703 | Инструменты