Huawei 1
Ukraina Eronni Rossiyaga raketa berishi munosabati bilan “halokatli oqibatlar”dan ogohlantirdi

Ukraina ballistik raketalarning Rossiyaga berilishi ehtimoli tufayli Eronga murojaat qildi. Tehron ikki tomonlama munosabatlar uchun “halokatli oqibatlar” haqida ogohlantirildi.

Ukraina TIV xalqaro OAVlarda Eron tomonidan Rossiyaga ballistik raketalarni topshirish ehtimoli haqidagi xabarlardan xavotirda ekanini qayd etgan.

Biz yana bir bor Eron Islom Respublikasi rahbariyatini BMT nizomi va xalqaro huquqqa ko‘ra bosqinchi davlat hisoblangan Rossiyaga har qanday turdagi qurol va harbiy texnikani bermaslikka chaqiramiz, deyiladi bayonotda.

Vazirlik Rossiya va Eron o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikning chuqurlashishi nafaqat Ukraina, balki butun Yevropa, Yaqin Sharq va dunyo uchun xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotganini ta’kidlagan.

Biz xalqaro hamjamiyatni xalqaro tinchlik va xavfsizlikni himoya qilish uchun Tehron va Moskvaga bosimni kuchaytirishga chaqiramiz, deya qo‘shimcha qilgan Ukraina TIV.

Ukraina Eronni Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni butunlay to‘xtatishga va “o‘z siyosiy rahbariyatining Rossiya harbiy o‘lim mashinasini yoqishda ishtirok etmaslik haqidagi bayonotlarining samimiyligini” isbotlashga chaqirgan.

Biz rasman Tehronni ogohlantiramizki, agar Eron Rossiyaga ballistik raketalarni topshirgani tasdiqlansa, bu Ukraina-Eron ikki tomonlama munosabatlari uchun halokatli oqibatlarga olib keladi, deya xulosa qilgan vazirlik.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91704 | Инструменты