Huawei 1
Qashqadaryoda sex 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashirincha tarmoqqa ulangan ishlab chiqarish sexi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” va Bosh prokuratura departamenti nazorat tadbiri o‘tkazgan. Unda Qarshi shahridagi omixta yeb ishlab chiqarish sexi gazdan noqonuniy foydalangani maʼlum bo‘lgan.

Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 1 milliard 65 million so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82417 | Инструменты