Huawei 1
24-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon birinchi xonimi bilan uchrashdi

"Birgalikda Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazi qoshidagi "Mehrli maktab" shifoxonasiga, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur suratlari ko‘rgazmasiga bordik, milliy liboslarning ajoyib namoyishini tomosha qildik", - deya yozgan Saida Mirziyoyeva.

Toshkent shahridagi omborxonada kuchli yong‘in kelib chiqdi

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i va Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda xodimlari, hamkorlikdagi xizmatlar yetib borgan.

7 oyda O'zbekistonda 97,4 mingta nikoh holatlari qayd etildi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga respublikada 97,4 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

O‘zbekiston Afg‘onistonda 6 million dollarga madrasa quradi

Madrasa 0,6 gektar maydonda joylashadi, 1000 nafar talabaga diniy ta’lim beradi.

"Yong‘inni bartaraf etishga 19 ta yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus texnikalar jalb etilgan" - Toshkentdagi omborxonada kelib chiqqan yong'in o'chirildi

Yong‘indan omborxonaning taxminan 5000 kv.m maydoni saqlab qolindi.

Hududlarning master-rejalari qaysi hollarda ishlab chiqiladi?

Master-rejalar yoki batafsil rejalashtirish loyihalari hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga qaratilgan shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyihaviy yechimlarni o‘z ichiga oladi.

Yoshlar texnoparklari startapchilari xorijga stajirovkaga yuboriladi

Har yili ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘yicha startap loyihalar tanlovi o‘tkazib boriladi. Hududlarda yangi yoshlar texnoparklari tashkil etiladi.

Toshkent viloyatida ro‘mol o‘rab, niqob taqqan ayol jarimaga tortildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ro‘mol o‘ragan va matodan niqob taqqan ayol jamoat joyida yuzini berkitib yurgani uchun jarimaga tortildi.

Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha 724,5 ming nafar yo‘lovchilar tashilmoqda

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida 131,9 mln yo‘lovchi tashilgan.

Toshkentdagi “Oltin markazi” oldida bezorilik sodir etganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Markaz avtoturargohiga kirmoqchi bo‘lgan hamda avtoturargoh xodimlari bilan mojaroda ishtirok etgan Malibu haydovchisi va uning tanishlari protsessual tartibda ushlangan.

Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan bir guruh o‘zbekistonliklarni mukofotladi

O‘zbekiston prezidenti mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

To‘lov-shartnomasini olish uchun onlayn arizalar qabuli boshlandi

22-avgustdan to‘lov-shartnomasini olishga onlayn arizalar qabuli boshlandi.

Turkiya kompaniyasi Farg‘onada sunʼiy tolalar ishlab chiqarmoqchi

Shuningdek, kompaniya Farg‘ona shahrini zamonaviy landshaft asosida qayta qurish va yangi shaharlar barpo etishda o‘zining loyihalari bilan ishtirok etish taklifini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91307 | Инструменты