Huawei 1
Turkiya kompaniyasi Farg‘onada sunʼiy tolalar ishlab chiqarmoqchi

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning bir qator yirik kompaniya vakillarini qabul qildi. Muloqotda o‘zaro ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish haqida fikr almashildi.

Dunyoning qator davlatlarida o‘zining zamonaviy shaharsozlik loyihalari bilan ishtirok etgan Turkiyaning Sigma Mühendislik Şirketi taʼsischisi Abuzer Sari Farg‘ona shahrini zamonaviy landshaft asosida qayta qurish va yangi shaharlar barpo etishda o‘zining loyihalari bilan ishtirok etish taklifini bildirdi. Bu yo‘nalishda, kompaniya tomonidan respublikaning Termiz va Qarshi shaharlarini qiyofasini zamon talabi darajasiga keltirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalari muvaffaqiyatli qarshi olinganligi taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, “Arta Tekstil” korxonasi direktori Ugur Tok O‘zbekistonda, jumladan, Farg‘onada yetishtirilayotgan yuqori sifatli paxtadan tayyorlanayotgan ip kalavalarga jahonda ehtiyoj ortayotganligiga va “O‘zbek” brendi ostida ushbu mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqishda hamkorlik loyihalarini hamda bugungi kunda jahonda talab ortib borayotgan sunʼiy tolalar ishlab chiqarishni Farg‘onaga olib kirish taklifini ham bildirdi.

Samimiy muloqot chog‘ida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tibbiy va ko‘mir mahsulotlari eksporti bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muloqot so‘nggida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты