Huawei 1
Dunyodagi har ikkinchi odam ko‘rlikdan aziyat chekishi mumkin

Sayyoraning ko‘plab aholisiga Yer “borgan sari tumanliroq” bo‘lib tuyuladi va 2050-yilga kelib aholining 50 foizida uzoqni ko‘ra olmaslik (miopiya) kuzatiladi. El Pais nashri tegishli prognozlarini e’lon qildi.

Olimlarning ogohlantirishicha, mazkur global muammo ko‘proq Osiyo aholisiga ta’sir qiladi, ammo epidemiya butun Yer yuziga tarqaladi, natijada har ikkinchi odam kasallanadi. Yoshlarning gadjetlardan keng foydalanayotgani va ochiq havoda yetarlicha vaqt o‘tkazmayotgani bunga sabab bo‘lishi mumkin.

Statistika shuni ko‘rsatadiki, 2016-yilda 1,4 milliard odam uzoqni ko‘ra olmaslikdan aziyat chekkan, 2050-yilga kelib esa bu 4,758 milliard kishini qamrab olishi kutilmoqda. Miopiyaning turli darajalari mavjud, ammo mutaxassislar uchta dioptriyadan keyin ko‘rishni to‘g‘rilamasdan “normal hayot kechirish qiyin” ekanini aytmoqda. Kasallikning og‘ir formasida esa vaziyat ancha yomonlashadi.

Bundan tashqari, ko‘rishning ortga qaytmas yo‘qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan patologik o‘zgarishlar rivojlanish xavfi sezilarli darajada oshadi. Gap katarakta, glaukoma, to‘r pardaning ko‘chib tushishi haqida bormoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlarda miopiyaning og‘ir holatlari sariq dog‘ degeneratsiyasi rivojlanish ehtimolini 41 foizga oshiradi. Bu, o‘z navbatida, yosh o‘tishi bilan ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82213 | Инструменты