Huawei 1
10 oyda O'zbekiston tashqi savdo aylanmasi $25,768 mlndan ko'proqni tashkil etdi

Davlat statistika qo'mitasi shu yilning yanvar-oktabr oylarida respublika tashqi savdo aylanmasi bilan bog'liq ma'lumotlarni e'lon qildi.

10 oy davomida respublika tashqi savdo aylanmasi 25 768,3 mln. AQSH dollarini tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 15,9 % ga o'sgan. Shu jumladan, eksport hajmi 10 258,0 mln. AQSH dollarga va import hajmi 15 510,3 mln. AQSH dollariga yetdi. Tashqi savdo saldosi – 5 252,3 mln. AQSH dollarini tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga nazar tashlasak, paxta tolasining umumiy eksportdagi ulushi avvalgi yillarning shu davriga nisbatan sezilarli darajada kamayganini ko'rishimiz mumkin. Ushbu davrda jami 101,5 ming tonna paxta tolasi eksport qilingan.

Shu bilan birga, 2018-yilning oktabr oyida eksport qilingan tovar va xizmatlar, sentabr oyiga nisbatan 102,9 mln. AQSH dollarga kamroq eksport qilindi va 788,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Tovar va xizmatlar importi hajmi esa 1837,0 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan bo'lib, bu esa sentabr oyiga nisbatan 183,9 mln. AQSH dollariga ko'proqdir.

2018-yil yanvar-oktabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 38,3%ni tashkil etdi hamda o'tgan yilning shu davriga nisbatan 132,4% oshdi.

Eksport tarkibida tovarlar 75,4% ulushga ega, bular asosan energiya manbaalari va neft mahsulotlari (19,9 %), oziq-ovqat mahsulotlari (9,0 %), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (7,3 %) guruhlari hissasiga to'g'ri kelmoqda.

Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport xizmatlari, turizm xizmatlari, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari hamda moliyaviy xizmatlar hissasiga to'g'ri keladi.

Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hissasiga to'g'ri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 37,5 %ini tashkil qiladi.

2018-yilning yanvar-oktabr oylarida 732,5 mln. AQSH dollariga teng meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi. Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 561,6 ming tonnadan ko'proq sabzavotlar 252,1 mln. AQSH dollariga eksport qilingan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida import hajmi 15 510,3 mln. AQSH dollariga teng bo'ldi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar 41,1%, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar 13,3% hamda oziq-ovqat mahsulotlari 8,4% guruhlari hisobiga to'g'ri keldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga