Pedagog farzandlariga mazkur chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Talabalarning otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi
Hukumatning joriy yil 17-sentyabr kuni qabul qilingan 501-sonli qarori bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko'ra, 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30% chegirma joriy etiladi.
Chegirma faqat davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.
Chegirma quyidagi holatlarda qo'llanilmaydi:
Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.
Pedagog farzandlari to‘lov-kontrakt shartnomasi olish yuzasidan kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi. Arizani ko‘rib chiqish jarayonida ariza beruvchining pedagog farzandi ekanligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tasdiqlanganda, chegirma avtomatik tarzda qo‘llaniladi. Arizalar mas’ul tashkilot tomonidan 2 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Pedagog farzandlariga mazkur chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Talabalarning otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92012 | Инструменты