Dam olish kunlari ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Joriy yilning 20 sentyabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha, janubiy viloyatlardan tashqari, bulutlilik kuchayishi va kunduzgi harorat 2-3 darajaga pasayishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomg‘ir faqat Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yog‘ishi mumkin.

Respublikaning cho‘l zonasida va tog‘li hududlarida 20 sentyabr kuni shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 18-20 daraja, kunduzi 19 sentyabrda 32-34 daraja, 20 sentyabrda 30-32 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91911 | Инструменты