Huawei 1
2025-yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan “Osaka Expo-2025” butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston muzey eksponatlari namoyish etiladi

2023-yil 20-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova hamda Yaponiyaning Nara shahri hokimi Motonobu Nakagava ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 2025-yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan “Osaka Expo-2025” butunjahon ko‘rgazmasi doirasida Nara milliy muzeyida O‘zbekiston muzey eksponatlari namoyishini tashkil etish masalasi muhokama etildi.

Muzokaralar natijasida Jamg‘arma va Nara shahar meriyasi oʻrtasida Hamkorlik va koʻrgazmani tashkil etish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hujjat O‘zbekiston va yaponiyalik olimlarni jalb etish orqali ko‘rgazmani tashkil etish uchun zarur bo‘lgan keng ko‘lamli izlanishlarni olib borish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga xizmat qiladi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi qo‘llab-quvvatlovida amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты