Buxoroning  Shahriston bozori hududidan qadimiy noyob devoriy suratlar topildi

Buxoro tarixiy markazidagi sobiq Shahriston bozori hududida Nyu-York universiteti huzuridagi qadimgi dunyoni o'rganish instituti professori Soren Stark boshchiligida bir guruh tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan arxeologik tadqiqotlar yakunlandi. Unga ko'ra bozor hududidan qadimgi noyob devoriy suratlar topildi.

Arxeologlar tomonidan qazilgan ikkinchi xandaqdan (Transheya II) devoriy rasmning ma'lum bir qismlari deb taxmin etilayotgan qoldiklar topilgan.

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, ushbu devoriy rasmlar qoldiqlari Varaxshadagi Buxorxudotlar saroyidan topilgan devoriy rasmlardan taxminan to'rt asr oldin ishlangan.

Arxeologlarning yangi topilmalari faqat ushbu devoriy rasmlar bilan yakunlangani yo'q.

Tadqiqotchilar noodatiy sirlangan yashil ot shaklidagi bolalar o'yinchog'ini ham topishgan.

Keyingi yillarda ham ushbu hududda arxeologik qazilma ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62203 | Инструменты