2023-yil 10-25-sentabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida YUNESKO Jahon merosi qo‘mitasining 45-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sessiya davomida Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum koridori Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Ipak yo‘li. Zarafshon-Qoraqum koridori” uch davlatda joylashgan 31 ta obyektdan iborat. Bulardan 9 tasi Tojikistonda, 15 tasi hozirgi O‘zbekiston hududida, qolganlari Turkmaniston hududida joylashgan.
Turli davrlardagi barcha obyektlar tarixdagi eng muhim savdo yo‘llaridan biri - Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lib, uzoq tarix va boy madaniy-tarixiy merosni namoyon etadi.
O‘zbekiston “Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum koridori” nominatsiyasini taqdim etish bo‘yicha loyiha koordinatori sifatida ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92802 | Инструменты