Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi bosh konsulxonasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu ikki ayol odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan:
1962 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan B.M.;
1987 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan N.N.
Ushbu shaxslarning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston IIV yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek Istanbul shahridagi bosh konsulxonaga murojaat qilish so‘raladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92610 | Инструменты