Jorj Vashington universiteti huzuridagi Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari instituti (IERES) Markaziy Osiyo dasturi (CAP) janob Komil Allamjonovni dasturning Maxsus maslahatchisi etib tayinlanganini e’lon qildi.
Universitet Prezidenti Eller Granbergning shaxsan o‘zi Allamjonovni yangi tayinlov bilan qutlagan.
Komil Allamjonov bir vaqtning o‘zida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning maslahatchisi sifatida ham faoliyatini davom ettiradi.
CAP direktori Sebastyan Peyruz bu tayinlov O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda kechayotgan jarayonlarni anglash va ularni xalqaro jamoatchilikka yetkazishda muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi.
«Ushbu tayinlov CAPning akademik jamiyat va amaliyotchilar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda keng qamrovli jarayonlarning xolis tahlilini taqdim etish bo‘yicha doimiy sa’y-harakatlarini aks ettiradi», - deya ta’kidladi janob Peyruz.
Sebastyan Peyruz Allamjonovning o‘zbek madaniyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishdagi roli, ommaviy vositalaridagi faoliyatidan tashqari, O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarda ham ishtirok etganini alohida e’tirof etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92711 | Инструменты