Huawei 1
“Galaktika qo'riqchilari 3” filmining treyleri chiqdi (Video)

Marvel kinostudiyasi “Galaktika qo'riqchilari 3” filmining treylerini namoyish qildi.

Film premyerasi 2023-yil 5-mayda bo‘lib o‘tadi. Kino kartina Marvel olamining to‘rtinchi loyihasi hisoblanadi.

Yangi filmda bosh qahramon - Yulduzli Lordning sevgilisi muqobil olamdagi Gamora bilan almashadi, chunki Marvel olamidagi haqiqiy Gamora “Qasoskorlar: Cheksizlik urushi” filmida o'ldirilgan edi. Ushbu kinoda u Galaktika qo'riqchilari rahbariga bo'lgan his-tuyg'ularini eslay olmaydi.

Bundan tashqari, lentada Qo'riqchilar jamoasi a’zosi bo'lgan, genetik modifikatsiyalangan raketa yenot haqida hikoya qilinadi. 

Uchinchi qismning asosiy yovuz odami - mutantlarni yaratuvchi olim Oliy Evolyutsioner bo'ladi. Raketa yenot ham ushbu olim tomonidan yaratilgan bo'ladi.

Shuningdek, boshqa personajlar qatorida Sovet Ittifoqi tomonidan kosmosga yuborilgan va telepatik qobiliyatga ega bo'lgan Cosmo iti paydo bo'ladi.

Ma'lumot o'rnida, yenot – yirtqich hayvon. Yoqimtoy, beozor ko‘rinadi, lekin yovvoyi jonivor.

Avvalroq, Universal kinokompaniyasi “Forsaj 10” filmining treylerini taqdim etgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, “Avatar 3” ilmiy-fantastik filmining premyerasi 2024-yil yangi yil arafasida, aniqrog'i 19-dekabrda bo'lib o‘tishi va 20-dekabrda esa katta ekranlarda namoyish etilishi e'lon qilingan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60114 | Инструменты