“Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa madaniyati fani o'qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, musiqa madaniyati fani o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo'yicha milliy baholash tizimi yo'lga qo'yiladi.
2025-yil 1-martdan boshlab musiqa madaniyati fani o'qituvchilari uchun nazariya va amaliyot uyg'unlashtirilgan holda malaka oshirish tizimi yo'lga qo'yiladi.
2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
- bolalar musiqa va san'at maktablarining belgilangan o'quv dasturlarini to'liq yakunlagan, umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnomaga ega bo'lganlarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida to'garak rahbari sifatida ishlashi;
- madaniyat va san'at yo'nalishidagi OTMlarida psixologiya va pedagogika fanlarini o'rgangan musiqa yo'nalishi bitiruvchilariga maktablarda musiqa madaniyati fanini o'qitishi mumkin.
2025/2026-o'quv yiliga qadar musiqa madaniyati fani o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo'yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
2025/2026-o'quv yilidan boshlab madaniyat yo'nalishida kadrlar tayyorlaydigan OTMlarda psixologiya va pedagogika fanlarini o'qitish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
2025-yil 1-apreldan boshlab:
- maktablarda “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi;
- jamoalar o'rtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi o'tkaziladi.
Tanlovning respublika bosqichi g'oliblari xorijiy davlatlarga ta'lim sayohatiga yuboriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122518 | Инструменты