Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi fondida qariyb 600 mingga yaqin yozma manba bor

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov o‘tgan 6 oyda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Xabarga ko'ra, joriy yil 1-1- iyun kunlari Markaz ilmiy xodimlari tomonidan Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Islom tarixi va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRSIKA) hamda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi hamkorligida Turkiyaning Istambul va Anqara shaharlarida "O‘zbekiston - Islom sivilizatsiyasi markazi va Yangi O‘zbekiston" mavzularida Markaz taqdimoti va foto ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, “Islom sivilizatsiyasi markazi: shonli tarixdan buyuk kelajak sari” mavzusida turkum ko‘rsatuvlar efirga uzatildi.

Markaz kutubxonasi fondi jami 515 419 ta yozma manba, zamonaviy nashr va elektron nusxadagi manbalar bilan boyitildi. Jumladan, hozirda Markaz fondining yozma manbalaridan 465 ta qo‘lyozma, 623 ta toshbosma, 19 415 ta zamonaviy nashrlar hamda 494 916 ta elektron nusxadagi manbalarni tashkil etadi.

Respublika fondlarida saqlanayotgan 106 ming 525 ta yozma manbalar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi yaratilib, ularning ilmiy tahlili asosida 50 ming 795 ta manbalarning reyestri (pasporti) tayyorlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62008 | Инструменты