Vazirlar Mahkamasining “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zgartirishlarga muvofiq:
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
Madaniy meros agentligi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
- Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining har yillik manzilli ro‘yxatini ko‘rib chiqish hamda kelishish;
- Madaniy meros agentligi tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni monitoring qilib borish.
Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi Bosh vazir tomonidan tasdiqlanadi;
- Respublika bolalar kutubxonasi Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligidan Jamg‘arma tizimiga o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, YUNESKO ishlari Milliy komissiyaning yangi tarkibi tasdiqlanmoqda. Jamg‘arma raisi lavozimi bo‘yicha Milliy komissiya raisi etib belgilanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50119 | Инструменты