Huawei 2
O‘zbekiston va Belarus kinoijodkorlari hamkorligida "O‘zbek qizi" (Uzbechka) filmini tasvirga olish ishlari yakunlandi

O‘zbekiston va Belarus kinoijodkorlari hamkorligida “O‘zbek qizi” badiiy filmini tasvirga olish ishlari nihoyasiga yetdi. Ayni kunlarda mazkur filmni montaj ishlari boshlab yuborilgan.

“Sinema of Sentral Asia” kinostudiyasi tomonidan Akbar Bekturdiyev rejissyorligida yaratilgan ushbu film o‘zbek snayper qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati va jang maydonlarida kechgan taqdiri haqida hikoya qiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, “O‘zbek qizi” filmida rollarni aktyorlar Aysanem Yusupova, Feruza Saidova, Yigitali Mamajonov, Oleg Taktarov, Sergey Lapanisin, Milana Ivanova va boshqalar ijro etgan.

Postanovkachi operatorlar Husan Alijonov va Maksim Kurovskiy, postanovkachi rassomlar Akmal Saidov, Vitaliy Grigoryevich, liboslar bo‘yicha rassom Natalya Odinsova, grim ustasi Alyona Astapich, Galina Ivanova, kaskadyor Roman Korolev, postanovkachi rejissyor Akbar Bekturdiyev, prodyuser Feruza Bekturdiyeva, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga