Huawei 1
O'monning ommabop telekanalida O'zbekistonning boy madaniy merosiga bag'ishlangan hujjatli film namoyish etildi

O'monning ommabop "Al Roya TV" telekanalida "Markaziy Osiyoda joylashgan ilm-fan zamini O'zbekistonning betakror tabiati va tarixiy qadamjolari" nomli hujjatli film namoyish etildi.

Telekanal muxbirlari Ibrohim al-Hodi va Ismoil al-Harsi tomonidan suratga olingan mazkur videofilmda O'zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi, zamonaviy rivojlanishi va sayyohlik salohiyati keng yoritilgan.

"O'zbekistonning baland qorli tog' cho'qqilaridan turib pastga nazar tashlasangiz, mamlakatning go'zal manzaralari, daryo va bog'lari hamda jadal rivojlanayotgan zamonaviy hayotidan zavq olishingiz mumkin. Toshkent, Samarqand, Xiva kabi qadimiy shaharlar o'zining tarixiy obidalari va qadamjolari bilan butun dunyodan sayyohlarni faol jalb etib kelmoqda", - deyiladi filmda.

Hujjatli film mualliflari aytganidek, Markaziy Osiyo mintaqasining qoq markazida joylashgan O'zbekiston jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo'shgan ko'plab buyuk olimlar yurti hamdir. Ular o'z kashfiyotlari bilan insoniyat ilm-fani va madaniyatiga salmoqli ulush qo'shgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты