Huawei 1
Toshkentdagi "Baland" masjidining tarixiy binosi saqlab qolinadi - poytaxt hokimligi

Toshkent shahar hokimligi Shayxontohur tumanidagi «Baland» masjidining tarixiy binosi yangi qurilish sabab xavf ostida qolgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

Hokimlik masjidning tarixiy binosi saqlanib, yangi bino ichida qolishini ma’lum qildi.

Fotosuratlardan ko‘rinib turganidek, masjidning binosi o‘zgarmay qoladi va namoz vaqtida ko‘proq muslimlarni sig‘dirish uchun yangi xona va inshootlar bilan boyitiladi. Shu tariqа, tarixiy bino “konservatsiya” qilinadi, lekin shu bilan birga, o‘zining birlamchi vazifasini saqlab qoladi va namoz o‘qish joyi sifatida xizmat qilishni davom ettiradi. O‘z navqiron yillarida ichiga ko‘pi bilan 50 nafar insonni sig‘dira olgan masjidda kelgusida 450 nafardan ortiq inson namoz o‘qishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, unda tahoratxonalar, xodimlar uchun oshxona va boshqa zamonaviy sharoitlar yaratiladi.

Bunday yondashuv — tarix va zamonaviylik uyg‘unligini saqlashda optimal yondashuv. Kelgusida uni tarixiy ahamiyatga ega boshqa diniy obyektlarda ham qo‘llash rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты