Statistika agentligining maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda qariyb 1,3 mln tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
2024-yilning yanvar-dekabr oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
— Avtomobil benzini – 1,3 mln tonna;
— Ko‘mir – 8,2 mln tonna;
— Neft – 713,4 ming tonna;
— Gaz kondensati – 1,2 mln tonna;
— Avtobus – 827 dona;
— Yuk avtomobillari – 3 634 dona;
— Avtomobil dvigatellari – 269 943 dona;
— Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 399 327 dona.
Ma'lumot o'rnida, 2023-yilda 1,33 mln tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan, bu 2022-yilga nisbatan 6 foizga yoki 75,4 ming tonnaga ko‘pdir. Dekabr oyida 117,6 ming tonna ushbu yoqilg‘i ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 15,7 foizga kamdir.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 424 808 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edik. Ularning rusumlar bo‘yicha taqsimlanishida Cobalt, Damas va Lacetti-Gentra kuchli uchlikni egalladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12216 | Инструменты