Huawei 1
AQShda 130 yil muqaddam cho‘kib ketgan kema qoldiqlari topildi

AQShda 1892 yilda Buyuk ko‘llarda cho‘kib ketgan Western Reserve kemasining qoldiqlari topildi. Hodisa oqibatida 27 kishi halok bo‘lgandi, deb yozadi Associated Press.

Western Reserve to‘liq po‘latdan qurilgan dastlabki yuk kemalaridan biri edi. Uzunligi 91 metr bo‘lgan bu kema suvdagi eng xavfsiz kemalardan biriga aylanishi kutilgan. Uning egasi Piter Minch kemasi bilan shu qadar faxrlanganidan 1892 yil avgust oyida rafiqasi va yosh bolalarini o‘zi bilan sayohatga olib chiqqan.

30 avgust kuni kema Yuqori ko‘ldagi Uaytfish ko‘rfaziga kirganida bo‘ron ko‘tarilgan. Kema to‘lqinlar zarbiga dosh bera olmay ikkiga bo‘linib ketgan. Barcha yo‘lovchilar orasidan faqat rul boshqaruvchisi omon qolgan. U avvaliga qutqaruv qayig‘ida, so‘ng qayiq ag‘darilganidan keyin o‘zi qirg‘oqqacha 1,6 kilometr masofani suzib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

2024 yil iyulida Buyuk ko‘llar kema halokatlarini o‘rganuvchi olimlar ko‘plab cho‘kkan kemalarga duch keldi. Ulardan biri texnologik jihatdan ancha rivojlangan bo‘lib chiqdi. Western Reserve kemasi “jiddiy shikastlangan” bo‘lsa-da, uning qoldiqlari sovuq chuchuk suvda yaxshi saqlanib qolgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, Buyuk ko‘llarda kuchli bo‘ronlar mavsumi faqat noyabr oyida boshlanadi. Kema korpusining zaifligi va to‘lqinlarga bardosh bera olmagani sababli cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin. Ma’lum qilinishicha, “Titanik”ni qurishda Western Reserve uchun ishlatilgan po‘latdan foydalanilgan. Bu kemaning juda tez cho‘kishiga sabab bo‘lgan omillardan biri bo‘lishi mumkin.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32020 | Инструменты