Huawei 1
7-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Xorazmda bolalarning yuziga tarsaki tushirgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi

Bolalardan birining barmog‘iga igna sanchilgani haqidagi gaplar esa rad etildi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi

Jami 11 ta jinoyat ishi bo‘yicha 198 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarildi.

DXX hududlarda hokim va prokuror o‘rinbosarlarini qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbaridan 2000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qilgani sababli sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi

Maktab rahbariyati o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirganlikda ayblangan.

Koreya 3 ming nafar o‘zbekistonlikni avtomobilsozlik bo‘yicha ishga jalb qilmoqchi

Muloqotda Koreya avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibida 6 800 ta korxona mavjud boʻlib, unda 48 000 nafar xodim faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Koreyaliklar ushbu tarmoqda yana yiliga 3 000 nafar ishchiga talab borligini aytib, bu boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish istagida ekanini maʼlum qildi.

O‘zbekistonda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

O'zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha 2024 – 2028-yillarga mo'ljallangan milliy strategiya (Milliy strategiya) tasdiqlandi.

Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Muzokaralar chog‘ida tomonlar mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid barcha muammolar to‘plamini atroflicha muhokama qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident Vengriya elchisi Yojef Roja, Eron Islom Respublikasi elchisi Muhammadali Iskandariy, Chexiya Respublikasi elchisi Lyubomir Frebort, O‘mon Sultonligi elchisi Vafo al-Busaidiy, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elchisi Muhammad Irqiydan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

O‘zbekistonda avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan yig‘im miqdori pasaytirildi

Yangi tartib bilan avtomobillar va elektromobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar yana BHMning 10 foizigacha qisqartirildi.

O‘zbekiston va Tojikistonda piyoz nihoyatda arzon narxda sotilmoqda - EastFruit

Endi ulgurji bozorda 2024-yil hosilidan butun bir tonna piyozni atigi 100 dollarga sotib olish mumkin. Hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda ham, Tojikistonda ham erta piyoz hosili nisbatan yuqori bo‘ladi, bu esa yaqin haftalarda narxlarning sezilarli darajada oshishiga umid bermaydi. Bozor ishtirokchilari may oyi o‘rtalarida kutayotgan eksportning biroz tiklanishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida piyoz narxini barqarorlashtirishga yordam berishi mumkin. Biroq, avvalgi ikki mavsumdagi narxlarning takrorlanishini kutmaslik kerak.

Surxondaryoda kuzatilgan kuchli sel oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi

Hozirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan vaziyat nazoratga olinib, nobud bo‘lgan qo‘ylardan har xil kasalliklar tarqamasligi uchun ular dezinfeksiya qilib ko‘milgan.

San’at va madaniyat yo‘nalishlarida bakalavr darajasida ta’lim olayotgan yoshlar uchun magistraturaga kirishda xorijiy tilni bilish sertifikati talab etilmaydi

"Magistratura va doktaranturaga kirishda bizda muammolar bor edi. Xorijiy sertifikatlarning hammada ham bo‘lmaganligi natijasida hozirgi kunda ko‘pgina yo‘nalishlar to‘lmay qoldi. Ya’ni, bu davlat tomonidan berilgan buyurtma bajarilmadi degani”, — deya qayd etdi Qo‘ng‘irotbay Sharipov.

Markaziy bank iqtisodiy o‘sish prognozini 5,2-5,7 foizgacha pasaytirdi

Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2024-yilda iqtisodiy o‘sish 5,2-5,7 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich joriy yil yanvardagi hisob-kitoblarga (5,5-6 foiz) nisbatan pasaygan.

10 tupdan daraxt, 10 mln so‘mdan ortiq jarima: Samarqandda archa daraxtlarini kesgan huquqbuzarga chora ko‘rildi

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o'tkazilgan reydda fuqaro ikki tup tuya archa daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagani aniqlandi. U 10 mln 200 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, unga kompensatsiya tarzida 10 tupdan manzarali daraxtlar ekish va uni 3 yil davomida parvarishlash vazifasi yuklatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga