Huawei 1
2025-yilda budjetdan gaz va elektr energiyasi narxlarini subsidiyalash uchun 12,3 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda

2025-yilda O‘zbekiston davlat budjetidan elektr energiyasi, tabiiy gaz narxlaridagi tafovutni qoplash va issiqlik korxonalariga subsidiyalar uchun 12,3 trln so‘m ajratilishi kutilmoqda. Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan budjetnomada qayd etilgan.

бюджет 2025, бюджетнома, сuбсидия, tabiiy gaz, elektr energiyasi

Subsidiyalar summasi 2026-yil 11 trln so‘mgacha pasayishi, 2027-yildan esa yana o‘sishni boshlashi (11,6 trln so‘m) kutilmoqda. Hujjatda gaz va elektr energiyasiga tariflar 2024-yilda oshirilgani va 2025-yilda yana oshirilishi kutilayotganiga qaramay davlat energetika sohasi uchun subsidiyalardan hozircha voz kechishni rejalashtirmayotganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda tabiiy gazning o‘rtacha xarid bahosi (bozor narxi) va ichki bozorda sotish (tartibga solinadigan tariflar bo‘yicha) o‘rtasidagi tafovutni qoplash uchun Davlat budjetidan 17,99 trln so‘m ajratilgan (dastlab 12,4 trln so‘m ajratilishi belgilanganiga qaramay). Xususan, O‘zbekiston xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma loyihalar asosida eksportga mo‘ljallangan gazni eksport narxlarida sotib olib, keyinchalik ichki bozorda sotish uchun import qilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111409 | Инструменты