Huawei 1
8 oyda O‘zbekistonda qariyb 109,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda qariyb 109,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 % ga  oshgan.

2024-yilning 1-sentyabr holatiga O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 30 460 tani tashkil etgan.

Qurilish korxonalarining eng katta qismi 6917 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 22,7 % Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92119 | Инструменты