Huawei 1
G‘azodagi maktab portlashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasi G‘azo shahri sharqida tinch aholi tomonidan boshpana sifatida foydalanilayotgan az-Zeytun maktabiga havo hujumi uyushtirdi. Al-Jazira telekanaliga ko‘ra, kamida 17 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi jarohatlangan. Isroil kuchlari G‘azo sharqida hech qanday operatsiya haqida xabar bermadi.

G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligi matbuot kotibi Mahmud Bassalning telekanalga aytishicha, qurbonlar ro‘yxatida sakkiz nafar bola bor, yaradorlarning aksariyati bolalar va ayollardir. Uning taʼkidlashicha, "minglab qochqinlar" maktabdan boshpana izlagan.

G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun ertalab maʼlum qilishicha, so‘nggi 72 soat ichida Isroilning anklavga hujumi oqibatida kamida 119 kishi halok bo‘lgan va yana 209 kishi jarohatlangan. G‘azo sektorida halok bo‘lganlarning umumiy soni 41 391 kishiga yetdi, 95 760 kishi jarohat olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92118 | Инструменты