Huawei 1
Afg‘onistonga o‘zbek dori-darmonlari eksporti yil oxirigacha 50 mln dollardan oshishi mumkin

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov boshchiligidagi delegatsiyaning Afg‘oniston Islom Amirligining sog‘liqni saqlash vaziri Mavlaviy Nur Jalol Jaloliy bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, farmatsevtika va stomatologiya yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, Afg‘oniston tomoni Termiz shahrida stomatologiya bo‘yicha mutaxassis yoshlarni o‘qitish, aholiga stomatologik xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish hamda 20 ga yaqin filial ochish bo‘yicha taklif bildirildi. Ushbu tashabbus minglab fuqarolarni tish muammolaridan xalos qilishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Farmatsevtika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha esa dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, tadbirkorlar tomonidan Afg‘onistonda dori-darmon vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati olti oydan bir oyga qisqartirilishi , shuningdek, bir marta import qilishga ruxsat berish tartibi joriy etish takliflari ilgari surildi. Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri ushbu tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Ushbu sharoitlar, mahsulot sifati va raqobatbardosh narxlar bilan birgalikda, O‘zbekiston farmatsevtika kompaniyalari uchun Afg‘oniston bozoridagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish imkonini yaratadi. Joriy yil oxirigacha eksport hajmini 50 million dollardan oshirishga barcha asoslar mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42520 | Инструменты