Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida xorijga 629,3 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksportning 7,8 % ini tashkil etgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibi quyidagicha:
- tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 286,6 mln AQSH dollari;
- ip kalava – 217,8 mln AQSH dollari;
- trikotaj mato – 71,8 mln AQSH dollari;
- gazlamalar – 37,4 mln AQSH dollari;
- paypoq mahsulotlari – 10,3 mln AQSH dollari;
- gilam mahsulotlari – 5,4 mln AQSH dollari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52001 | Инструменты