Bugun prezident tomonidan imzolangan qarorga muvofiq, import qilinadigan va mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan AI-80 rusumli avtobenzin uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash muddati 2023-yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.
Eslatib o'tamiz, dekabrdagi sovuqlardan keyin 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar AI-80 avtobenzini uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash to'g'risida prezident qarori qabul qilingandi.
Natijada o‘tgan davrda chakana savdoda mahalliy AI-80 benzin 5700 so‘mdan boshlab, import AI-80 benzin esa 6000 so‘mdan boshlab realizatsiya qilib kelindi.
Endi, prezident qarori bilan ushbu stavkani qo‘llash muddati yil oxirigacha uzaytildi va 1 mart kunidan narxlar o'zgarmaydigan bo'ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50802 | Инструменты