Huawei 1
BAA bilan hamkorlikda Toshkentda qurilayotgan suv inshootlarining moliyaviy modelini ishlab chiqish va shu kabi bir necha masalalar ko'rib chiqildi

“O‘zsuvta’minot” AJning Loyiha ofisi binosida Birlashgan Arab Amirliklarining “Abu Dhabi Sewerage Services” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  O‘tgan yilning noyabr oyida “O‘zsuvta’minot” AJ va Birlashgan Arab Amirliklarining “Abu Dhabi Sewerage Services” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan endi. Unga ko‘ra Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani “Surum” MFY hududida kunlik quvvati bir million metr kubdan ziyod bo‘lgan zamonaviy oqova suv tozalash inshooti qurilishi ko‘zda tutilgan.  Uchrashuvda BAA kompaniyasi vakillari loyiha doirasidagi texnik ishlarning joriy holati va loyihaning moliyaviy modelini ishlab chiqish jarayoni haqida ma’lumot berdi. 

Shuningdek, oqova suv tozalash inshootini qurish hududidagi mavjud infratuzilma hamda oqova suv tozalash texnologiyasi va tozalangan oqova suv sifatini nazorat qilish masalalari ko‘rib chiqildi.Ma’lumot uchun, yangi oqova suv tozalash inshooti hamda magistral oqova suv tarmog‘ini qurish ishlari 4 yil muddatda yuqori standartlar asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Oqova suv inshootining birinchi bosqichi qurib bitkazilganidan so‘ng Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlaridagi 400 mingdan ortiq aholi, korxona hamda tashkilotlar markazlashgan oqova suv xizmati bilan qamrab olinadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111618 | Инструменты