Huawei 1
Banklarda noyabr oyida muammoli kreditlar 22,4 trillion so‘mdan oshgan

Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yil noyabr oyida banklarning kredit portfeli 4,86 trillion so‘mga ko‘payib, uning jami qoldig‘i 525,9 trillion so‘mga yetgan.

Davlat banklarida faqatgina Agrobankda (-548,9 mlrd so‘m) kredit qoldig‘i kamaygan. Qolgan davlat banklarining barchasida kreditlar qoldig‘i ortishi hisobiga davlat banklari kredit portfeli 1,9 trillion so‘mga ortgan.  

Xususiy va boshqa banklarning jami kredit portfeli esa 2 trillion 927 milliard so‘mga oshgan. Boshqa banklar orasida jami 6 ta bankda kredit qoldig‘i kamaygan.  

Kredit portfelida eng katta pasayish Ipoteka bank (-143 mlrd so‘m)da kuzatilgan.  

Muammoli kreditlar (NPL) qoldig‘i bank tizimi bo‘yicha oy davomida 433 milliard so‘mga ko‘paygan va 22,4 trillion so‘mdan oshgan. NPL qoldig‘i davlat banklarida 21 milliard so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, boshqa banklarda o‘sish 412 milliard so‘mga teng bo‘lgan.  

Kredit portfelidagi NPL ulushi 4,27 foizni tashkil qilgan.  

Maʼlumot o‘rnida aytish joiz, oktyabr oyida muammoli kreditlar qariyb 500 milliard so‘mga ortgan.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122506 | Инструменты