Huawei 1
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida 300 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo'limi davlat inspektorlari tomonidan doimiy nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida noqonuniy ov bilan bog'liq 307 ta holat aniqlanib, jami 601 million 503 ming jarima qo‘llanildi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan 1 mlrd 702 mln 961 ming so‘m zarar ham undirilishi belgilandi. 

Qonunbuzarliklardan 10 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg'atilgan. Shuningdek, 57 ta holatda brakonyerlardan 1178 kg baliq olib qo‘yilgan va internat hamda maktabgacha ta'lim muassasalariga beg'araz topshirilgan. 

Bundan tashqari, huquqbuzarlardan 7 ta ov quroli, 83 ta baliq ovlash uchun mo'ljallangan to'rlar, 7 ta elektr qarmoq, 6 ta qayiq va 5 ta boshqa turdagi buyumlar olib qo‘yilgan. Ayni damda nazorat reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122509 | Инструменты