Toshkent viloyati Piskent tumani “Qirqqizobod” OFY hududida bo‘rilar paydo bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
“Qirqqizobod tog‘li hududda joylashganligi sababli har yili qish mavsumida qor yog‘ishi oqibatida yovvoyi hayvonlar, jumladan bo‘rilar ham qishloqlarga kelishi kabi holatlar kuzatiladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, yovvoyi hayvonlarni tutuvchi maxsus guruh hududga jalb etilgan. Hozirda bo‘rilarni qidirish va ularni zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, tutilgan bo‘rilarni tabiiy muhitiga yaqin sharoit yaratish maqsadida hayvonot bog‘iga yuborish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122509 | Инструменты