Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Bosh vazir Fransua Bayru bilan uchrashuv chog‘ida mamlakatning yangi hukumati tarkibini tasdiqladi. Bu haqda Yelisey saroyi xabar berdi.
Ro‘yxatni Yelisey saroyi bosh kotibi Aleksis Koler o‘qib eshittirgan.
Unga ko‘ra, Sebastyan Lekornyu Mudofaa vaziri lavozimini saqlab qoldi, Jan-Noel Barro esa mamlakat Tashqi ishlar vazirligini boshqarishda davom etadi. Depozitlar va konsignatsiyalar jamg‘armasi rahbari Erik Lombard yangi Iqtisodiyot vaziri bo‘ladi va sobiq bosh vazir Elizabet Born Ta’lim vaziri lavozimini egalladi.
Hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar orasida yangi adliya vaziri lavozimida Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari Jerald Darmanen ham bor. Sobiq bosh vazir va so‘l siyosatchi Manuel Vals ham hukumat a’zosi bo‘ldi. U Fransiyaning xorijdagi hududlar bo‘yicha vaziri etib tasdiqlangan. Fransiya hukumatidagi birinchi arab ayoli Rashida Dati Madaniyat vazirligi rahbari bo‘lib qolgan. Hammasi bo‘lib hukumat 34 vazirni o‘z ichiga olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122509 | Инструменты