Huawei 1
Fransiya universiteti mutaxassislari Samarqandda gastronomik turizm sohasida kadrlar tayyorlaydi

2024-yil 3-oktabr kuni Turizm qo‘mitasida Fransiyaning "Le Cordon Bleu Paris" universitetining Ishga gabul qilish va rivojlantirish bo‘yicha departamenti rahbari Philippe C. Rocheron bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, “Le Cordon Bleu Paris” universiteti bilan hamkorlikda Samarqandda gastronomik turizm sohasida kadrlar tayyorlash masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, Turizm qo‘mitasi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan fikrlar almashildi.

“Le Cordon Bleu Paris” universitetining kulinariya sohasidagi yuqori malakali mutaxassislari tomonidan 2024-yil dekabr oyidan boshlab, Samarqandda gastronomik turizm sohasida kadrlarning malakasi oshirishga kelishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100417 | Инструменты