Huawei 1
Tramp sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmayapti - NYT

Iyul oyida AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirilganidan beri uning saylovoldi tashviqoti uning sog‘lig‘iga oid tafsilotlarni oshkor qilmadi, deb yozadi The New York Times (NYT).

Trampning sog‘lig‘i haqidagi so‘nggi batafsil hisobot 2018-yilda nashr etilgan. Bu tibbiyot mutaxassislarini xavotirga solmoqda.

NYT taʼkidlaganidek, agar u saylovda g‘alaba qozonsa, 78 yoshli Tramp prezident lavozimini egallagan eng keksa odamga aylanishi mumkin — 2029-yilda vakolat muddati tugagach, u 82 yoshga to‘ladi.

Tibbiyot mutaxassislarining ta’kidlashicha, Tramp “bir qator potensial tashvishli muammolar” bilan lavozimga o‘tirishi mumkin. Ular orasida mutaxassislar yurak xastaligi xavfini, suiqasdning ehtimoliy oqibatlarini, shuningdek, “yosh bilan tabiiy ravishda yuzaga keladigan” kognitiv qobiliyatlarning pasayishini sanab o‘tgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100419 | Инструменты