Huawei 1
4-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Jahon banki O‘zbekistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratdi

Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun 800 million dollarlik imtiyozli kreditlar ko‘rinishidagi moliyaviy paketni tasdiqladi.

Toshkent mozaikalari haqidagi loyiha xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Gruziyaning Batumi shahrida bo‘lib o‘tgan “AdBlackSea” xalqaro ijod festivalida Toshkent mozaikalari haqidagi loyiha Gran-prini qo‘lga kiritdi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg'armasi hisobidan bog'chalar rahbar va pedagoglarini rag'batlantirishga ruxsat etiladi

2025-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'lim guruhlari ochiladi.

Furqatning xoki Xitoydan Qo‘qonga olib kelindi

Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatning xoki Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatidagi Yorkent tumanidan olib kelinib, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi Shayxon qabristoniga qo‘yilgan.

Toshkent viloyati IIBB: Yangi yo‘lda ochiqlikka chiqib ketgan ilonlar soni 30 ta emas, 4 dona bo'lgan

Hozirda mazkur holat yuzasidan hududiy ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentdagi xususiy maktablarning birida 2 nafar o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchini kaltakladi

Mazkur holat yuzasidan o'qituvchilarning xatti-harakatlariga qonuniy chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudiga yuborildi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida maxfiy axborotni himoya qilish to‘g‘risidagi bitim ma’qullandi

Bitim 19 ta moddadan iborat. O‘zbekiston tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati vakolatli organ etib belgilandi.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Farmonga ko'ra, chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari o'rtasida bog'lovchi bo'g'in sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.

195 km/soat tezlikda avtomobil boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi

Xonandaga nisbatan jami 4,5 mln so'm miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalari yanada takomillashtiriladi

“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta'minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

O'zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi qarama-qarshi tomonlarni keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo'lgan harakatlardan tiyilishga chaqirdi

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan rasmiy bayonot berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100419 | Инструменты