Huawei 1
Abduqodir Husanov Yamal va Bellingem bilan birgalikda ramziy jamoadan o‘rin oldi

Taniqli Sofascore sport portali sentyabr oyi uchun 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi yosh futbolchilar reytingini taqdim etdi. Portalning ramziy jamoasiga 11 nafar futbolchi kiritildi.

Eng yaxshilar orasida top klublarning mashhur futbolchilari bor. Masalan, jamoadan Xavi Simons (“RB Leypsig”), Lamin Yamal (“Barselona”) va Jud Bellingem (“Real”) o‘rin olgan. Shu bilan birga O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov (“Lans”) ham eng yaxshilar qatorida e’tirof etilgan.


20 yoshli himoyachi joriy mavsumda klubning asosiy himoyachisiga aylandi va mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda. Avvalroq Husanovga Fransiyaning “PSJ” klubi qiziqayotgani haqida xabar qilingandi.

O‘zbekiston terma jamoasining oktyabr oyidagi o‘yinlariga Husanov ham chaqirilgan. Ma’lumot uchun, himoyachi sentyabr oyidagi terma jamoaning o‘yinlarini jarohati sabab o‘tkazib yuborgandi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100419 | Инструменты