“Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida 13 ta loyihaga 28,7 mlrd.so'mlik kredit mablag'lari ajratiladi
Joriy yilning birinchi yarmida dastur doirasida qonunchilikda taqiqlanmagan yo'nalishlar bo'yicha bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobaridan yuqori bo'lgan qiymati 48,4 mlrd.so'mlik 13 ta loyihalar istiqbolli deb baholanib, ularga 28,7 mlrd.so'mlik kredit mablag'lari ajratilishi ta'minlanishi belgilandi.
Bu loyihalar Toshkent viloyati (5 ta), Navoiy viloyati (4 ta), Qashqadaryo viloyati (3 ta) hamda Toshkent shahri (1 ta) amalga oshirilishi ko'zda tutildi.
Loyihalarning 6 tasi yoki 46,1 foiziga Agrobank aksionerlik tijorat banklari tomonidan kredit mablag'lari taqdim etilgan ko'rsatildi.
Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi natijasida joylarda 1 374 ta yangi ish o'rinlarini tashkil etish imkoniyati yaratildi. Tikuvchilik yo'nalishida faoliyat yuritilishi maqsadida tashkil etiladigan 4 ta loyihada 700 dan ortiq xotin-qizlarning bandligini ta'minlanadi.
Dastur doirasidagi 1000 barobaridan yuqori bo'lgan loyihalarning istiqbolligini tanlab olish va ularga kredit mablag'lari ajratilishida:
birinchidan, kam ta'minlangan oilalarni qamrab olgan holda ularning daromad topishiga qaratilgan faoliyat yo'nalishlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilganligi;
ikkinchidan, “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida belgilangan faoliyat turlariga mos kelishi;
uchinchidan, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiniga ta'sir darajasining yuqoriligi;
to'rtinchidan, hududlarda kambag'allikni qisqartirishda hissasi yuqori bo'lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun yo'naltirilishiga alohida e'tibor qaratildi.
2020-yilning qolgan davrida dastur ijrosining natijadorligini ta'minlash va bu orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yaxshilash, yangi ish o'rinlarini tashkil etish bilan bog'liq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60809 | Инструменты