O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vengriyaning OTP Banki o‘rtasida «Ipoteka-bank»ning qolgan 17,5 foizlik davlat ulushini sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi — bu xususiylashtirish jarayonining yakuniy bosqichini qisqa muddatda tugatish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vengriyaning OTP Bank o‘rtasida “Ipoteka-bank” ATIBni xususiylashtirishning yakuniy bosqichi doirasida bankning 17,5 foizlik davlat ulushini sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
2022-yilda tomonlar o‘rtasida “Ipoteka-bank” ATIBni xususiylashtirish to‘g‘risida oldi-sotdi shartnoma imzolangan bo‘lib, ushbu xususiylashtirish ikkita bosqichda amalga oshirilishi va ikkinchi tranzaksiyaning narxi bevosita bankning ko‘rsatkichlariga bog‘lanishiga kelishilgan.
O‘tgan to‘rt yil davomida bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda respublikamizning iqtisodiy sharoitlari sezilarli darajada ijobiy o‘zgarganligi sababli, shartnomaning ayrim shartlari qayta ko‘rib chiqilishi yuzasidan qo‘shimcha bitim imzolandi va “Ipoteka-bank”ni xususiylashtirishning ikkinchi bosqichini qisqa muddatda yakunlashga kelishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112116 | Инструменты