Huawei 1
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish prognozini yaxshiladi

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish prognozlarini oshirib, 2023 yil uchun 5,5 foizga yetkazdi. Bu iyun oyidagi prognozga nisbatan 0,4 foizga yuqoriroq.

O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 2024 va 2025 yillarda mos ravishda 5,6 foiz va 5,8 foizgacha tezlashishi kutilmoqda.

Energetika sohasidagi yuqori xarajatlar, davlat sektoridagi ta’lim, ish haqi, pensiya va nafaqalar uchun yuqori xarajatlar hamda byudjet daromadlari tushumlarining pasayishi tufayli, byudjet taqchilligi 2023 yilda prognozlarga ko‘ra 5 foizgacha oshadi.

Hukumat tashqi qarz olish bo‘yicha o‘z cheklovlariga rioya qilishi kutilmoqda. Shu bilan birga davlat qarzi 2023 yilda YAIMning 36 foizigacha o‘sdi va 2024 yilda 36,6 foiz bilan eng yuqori nuqtasiga yetishi prognoz qilinmoqda.

Rossiyadan kelayotgan pul o‘tkazmalari qisqarishi va buning ortidan iste’mol o‘sishining sekinlashishi kambag‘allik darajasini pasaytirishni cheklashi mumkin.

2023 yilda O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari orasida eng ko‘p o‘suvchi iqtisodiyotlardan biriga ega bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51206 | Инструменты