Huawei 1
AQSHda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi

Metallica rok guruhi Bleksburg shahrida joylashgan Virginiya texnologiya universitetining “Leyn” stadionida konsert berdi. Shtat seysmologik observatoriyasi (VTSO) maʼlumotlariga ko‘ra, konsert vaqtida hududda kichik zilzila kuzatilgan.

Qayd etilishicha, kuchsiz zilzila mahalliy futbol ishqibozlari uchun anʼanaviy madhiyaga aylangan Enter Sandman kompozitsiyasi ijro etilgan vaqtga to‘g‘ri kelgan. Bu vaqt stadionga to‘plangan qariyb 60 ming kishi sinxron tarzda sakrashni boshlagan.

“Leyn”dan bir kilometr uzoqlikka o‘rnatilgan seysmograf tuproqning kuchsiz harakatini qayd etgan. VTSO direktori Martin Chapmaning so‘zlariga ko‘ra, zilzila kuchli Rixter shkalasi bo‘yicha 1 balldan kuchsizroq bo‘lgan va konsert o‘tkazilgan hududdan tashqarida kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil iyun oyida amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftning Shotlandiya poytaxtidagi konserti davomida ham seysmik faollik qayd etilgandi. Mutaxassislarning maʼlumotlariga ko‘ra, yer yuzasidagi tebranishlar 7-9 iyun kunlari kuzatilgan va shou o‘tkazilgan joydan 6 kilometr uzoqlikkacha yoyilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51211 | Инструменты