Huawei 1
Janubiy Koreya kompaniyalari O‘zbekistondagi sayyohlik yarmarkasida ishtirok etishni rejalashtirmoqda

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Seul shahrida Janubiy Koreya turizm tashkiloti ijrochi direktori Li Xak Chu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Li Xak Chu mamlakatimizning boy madaniy va sayyohlik salohiyati, shuningdek, turizmning yangi turlari rivojlanayotganini hisobga olgan holda Janubiy Koreyada O‘zbekistonga qiziqish ortib borayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Janubiy Koreya tashkilotining 2024-yil noyabr oyida boʻlib oʻtadigan Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etishi va turizm salohiyatini targʻib qilish maqsadida qoʻshma marketing tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100417 | Инструменты